Offer

OFERTA
SMS-xabarnoma xizmatini ko‘rsatish bo’yicha

MUQADDIMA
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 27-bobiga muvofiq, ushbu hujjat «Octotelecom» MCHJ tomonidan «HUMO» to‘lov tizimining bank kartasi egalari bo‘lgan barcha jismoniy va yuridik shaxslarga «HUMO» to‘lov tizimining bank kartasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha SMS-xabarnoma xizmatini ko‘rsatish to‘g‘risida shartnoma tuzish haqidagi rasmiy yozma taklifi hisoblanadi.

  1. ATAMA VA TA’RIFLAR
    1.1. Bank kartasi – “HUMO” to‘lov tizimi ishtirokchisi bo‘lgan vakolatli bank tomonidan chiqarilgan to‘lov vositasi bo‘lib, u BKSga (bank kartasini saqlovchi) to‘lov infratuzilmalari orqali va “HUMO” to‘lov tizimi qoidalariga muvofiq to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, “HUMO” to‘lov tizimi ishtirokchisi banki tomonidan tegishli shartnoma asosida belgilangan boshqa kartochka hisobvaraqlari (kart-schyot) bo‘yicha operatsiyalarni bajarish imkoniyatini beradi.
    1.2. BKS— Bank kartasini saqlovchi va Bank kartasini chiqargan bank bilan tuzilgan shartnoma asosida Bank kartasidan foydalanuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs yoki bunday jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan vakolat berilgan shaxs.
    1.3. SMS Xizmatidan foydalanuvchi (Foydalanuvchi) — ushbu Ofertaning shartlarini qabul qilish orqali Shartnoma tuzishga qaratilgan harakatlarni amalga oshirgan jismoniy shaxs, shu jumladan BKS tomonidan tegishli ravishda vakolat berilgan shaxs.
    1.4. Mobil aloqa operatori — O‘zbekiston Respublikasi hududida tegishli litsenziya asosida mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
    1.5. Abonent raqami — telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi amal qiladigan davrda Mobil operator tomonidan Foydalanuvchiga ajratiladigan mobil telefon raqami.
    1.6. Kontent-provayder — «Octotelecom» MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tgan, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining tegishli litsenziyasi asosida ma’lumotlar uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
    1.7. «HUMO» to‘lov tizimi (TT) — «HUMO» TT tartib-taomillari, infratuzilmasi va qoidalardan foydalanish orqali «HUMO» TT ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlari tomonidan banklar bilan o‘zaro hamkorlik qilish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmui.
    1.8. To‘lov tizimi operatori (MBPM) – “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki litsenziyasi asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida “HUMO” to‘lov tizimining ishlashini ta’minlovchi yuridik shaxsdir. Shuningdek, u “HUMO” to‘lov tizimi qoidalari, infratuzilmasi va protseduralari orqali o‘zaro hamkorlik qilish yo‘li bilan to‘lovlarni amalga oshirish, ularni qayta ishlash va to‘lov hamda axborot xabarlarini yetkazib berish jarayonlarini ta’minlaydi.
    1.9. SMS xizmati – Kontent-provayder tomonidan ushbu Oferta shartlariga muvofiq bank kartasiga bog‘langan abonent raqamiga qisqa matnli xabar (SMS) shaklida tranzaksiya haqida bildirishnoma/axborot xabarini yuborish xizmatidir.
    1.10. Cheklangan aylanma ma’lumotlar (ChAM) – elektron, qog‘oz va/yoki boshqa moddiy tashuvchilarda qayd etilgan shaxsiy ma’lumotlar bo‘lib, ular muayyan Foydalanuvchiga tegishli yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan axborotni, shuningdek, ushbu Foydalanuvchining bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
    1.11. ChAMni qayta ishlash – Kontent-provayder tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Bank siri to‘g‘risida” va “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunlarida belgilangan harakatlardir.
    Ofertaning ushbu bo’limida belgilanmagan atamalardan foydalanilgan. Bunday holda, atama ushbu Oferata matni asosida talqin etiladi. Agar atamaning aniq ta’rifi bo‘lmasa, quyidagicha talqin qilinadi: birinchi navbatda – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, ikkinchi navbatda – Internet tarmog‘ida umumqabul qilingan (ishlatiladigan) ma’noga muvofiq.
  2. PREDMET
    2.1. Ushbu ofertaning qabul qilinishi, Foydalanuvchiga Kontent-provayderning SMS xizmatini olish imkoniyatini beradi.
    2.2. SMS xizmati faqatgina Foydalanuvchining bank kartasiga bog‘langan abonent raqami Kontent-provayder shunday turdagi xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha shartnoma tuzgan mobil operatorning raqamlar bazasiga tegishli bo‘lsa, taqdim etiladi. Texnik yoki boshqa sabablar tufayli ayrim mobil operatorlar foydalanuvchilari uchun SMS xizmati funksionalligi to‘liq yoki qisman cheklanishi mumkin.
    2.3. Kontent provayderi quyidagi mobil operatorlarning abonent raqamlariga SMS xizmatini taqdim etadi:
  • Ucell («Coscom» MCHJ);
  • Beeline («Unitel» MCHJ);
  • UzMobile («O‘zbektelekom» AJ);
  • Mobiuz («UMS» MCHJ);
  • Perfectum («Rubicon wireless communication» MCHJ);
  • Humans ( «Humans» MChJ ).
    2.4. SMS xizmati 5800 qisqa raqami orqali amalga oshiriladi (ba’zi mobil aloqa operatorlarida qisqa raqamni harfli belgilar bilan almashtirilishi mumkin).
    2.5. SMS xizmati Bank kartasi bilan amalga oshirilgan operatsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan SMS yuborishni ta’minlaydi, lekin ular bilan cheklanmagan holda, quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
  • Pul mablag‘larini kirim qilish;
  • Pul mablag‘larini hisobdan chiqarish;
  • Pul mablag‘lari qoldig‘i;
  • Parolni noto‘g‘ri kiritish;
  • Pul mablag‘larining yetishmasligi.
    2.6. Ushbu Oferta shartlarini qabul qilgan holda, Foydalanuvchi Kontent-provayderga ChAMni qayta ishlash va ChAMni to‘lov xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etuvchi uchinchi shaxslarga faqat ushbu Ofertaning 2.7-bandida belgilangan maqsadlarda o‘tkazishga o‘z roziligini beradi.
    2.7. Foydalanuvchi tomonidan taqdim etilgan ChAMni qayta ishlash quyidagi maqsadlarda amalga oshirilishi mumkin:
  • Kontent-provayderning Foydalanuvchi va uchinchi shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini amalga oshirish hamda SMS xizmatini taqdim etish.
    • O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablarini bajarish.
    • Foydalanuvchiga to‘lov va qo‘shimcha xizmatlarni, shu jumladan SMS xizmati ko‘rsatishda ma’lumotlarni MBPMga, to‘lov xizmatlarini yetkazib beruvchilarga va boshqa vakolatli tashkilotlarga yetkazadi.
    • MBPM tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar sifatining qoniqarlilik darajasini tahlil qilish.
    • MBPM tomonidan o‘z mahsulotlari va xizmatlariga oid marketing aksiyalari va maxsus takliflar haqida xabardor qilish.
    • Foydalanuvchi va Kontent-provayder o‘rtasidagi shartnomalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni qayta ishlash.
    • Qonunchilikda belgilangan majburiyatlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan hollarda ma’lumotlarni qayta ishlash.
    • Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq, agar bunday qayta ishlash Foydalanuvchining manfaatlari, asosiy huquqlari va erkinliklariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasa, Kontent-provayderning qonuniy manfaatlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan hollarda ma’lumotlarni qayta ishlash.
    • Muayyan maqsadlarda yoki amaldagi qonunchilik talabiga binoan, Kontent-provayder Foydalanuvchidan cheklangan aylanma ma’lumotlarni (ChAM) qayta ishlash bo‘yicha alohida rozilik so‘rashi mumkin.
    • MBPM tomonidan yangi mahsulotlar, vositalar va takliflar yaratish.
    • Foydalanuvchi va Kontent-provayder huquqlarini himoya qilish.
    • Statistika, katta hajmdagi ma’lumotlar va boshqa tadqiqotlar uchun ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va taqdim etish.
    • HUMO to‘lov tizimi bank kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni qabul qilish, Foydalanuvchi tomonidan tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirishni tashkil etish.
    2.8. Foydalanuvchi SMS Xizmatidan foydalanganda, ChAMni qayta ishlash Foydalanuvchining roziligi bilan amalga oshiriladi, bu Foydalanuvchining erkin irodasi va manfaatini ifodalaydi hamda qonun bo‘yicha majburiyati hisoblanmaydi.

3. AKSEPT (qabul qilish)TARTIBI
3.1. Ushbu Oferatani aksept qilish (qabul qilish) Foydalanuvchi tomonidan HUMO to‘lov tizimi bank kartasiga abonent (mobil) raqamini bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Bu quyidagi usullarda bajarilishi mumkin:
• HUMO to‘lov tizimi bank kartasini bergan bank bo‘limida;
• O‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tartibida – bankomat yoki infokiosk orqali abonent (mobil) raqamini HUMO to‘lov tizimi bank kartasiga bog‘lash jarayonida “Men tanishdim, roziman va Oferata shartlarini to‘liq qabul qilaman” (yoki shu ma’noga ega bo‘lgan) tugmasini bosish orqali.

3.2. Ushbu Oferatani aksept qilish Foydalanuvchining Oferata shartlarini to‘liq va shartsiz qabul qilishini anglatadi, hech qanday istisno yoki cheklovlarsiz.

3.3. Foydalanuvchi tomonidan Oferatani aksept qilish (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 370-moddasiga muvofiq) ushbu Oferata shartlarida shartnoma tuzilganligini bildiradi.

3.4. Agar Foydalanuvchi Oferatani aksept qilganidan keyin 15 (o‘n besh) kun ichida xizmatdan foydalanishni boshlamasa, Kontent-provayder ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.

4. XIZMAT NARXI VA TO‘LOV TARTIBI

4.1. 4.1. SMS xizmati uchun Foydalanuvchidan har bir kelayotgan qisqa matnli xabar (SMS) uchun 168,40 so‘m (bir yuz oltmish sakkiz so‘m 40 tiin) miqdorida to‘lov olinadi. Ushbu SMS xabarlar HUMO to‘lov tizimidan Foydalanuvchining abonent raqamiga yuboriladi.
4.2. To‘lov har bir kiruvchi SMS xabar uchun avtomatik ravishda abonent raqamining balansidan yechib olinadi.
4.3. Agar abonent raqami balansi nolga (0) teng yoki manfiy bo‘lsa (ya’ni, Foydalanuvchining mobil operator oldida qarzi bo‘lsa), SMS xizmati vaqtincha to‘xtatiladi. Xizmat faqat abonent raqami balansiga etarli ijobiy mablag‘ tushgandan keyin qayta tiklanadi.
4.4. Agar abonent raqami 90 (to‘qson) va undan ortiq kun davomida mablag‘siz qolsa yoki mobil operator tomonidan bloklansa, SMS xizmati butunlay bekor qilinadi.

5. HUQUQ VA MAJBURIYATLAR

5.1. Kontent-provayder quyidagi huquqlarga ega:

5.1.1. Quyidagi hollarda SMS xizmatini vaqtincha to‘xtatish:
• Kontent-provayderning apparat-dasturiy majmuasida texnik nosozlik yuzaga kelganda;
• Abonent raqamining balansida mablag‘ bo‘lmaganda yoki salbiy balans holatida;
• O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa hollarda.

5.1.2. Quyidagi hollarda SMS xizmatini butunlay bekor qilish:
• Foydalanuvchi ushbu Oferata shartlarini va/yoki amaldagi qonunchilik talablarini buzganida, shuningdek, Foydalanuvchi firibgarlik sxemalarida va/yoki jinoyat yo‘li bilan olingan daromadlarni legallashtirish hamda terrorizmni moliyalashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarda qatnashganligi haqida gumon mavjud bo‘lsa;
• Foydalanuvchi mobil operatorini o‘zgartirib, o‘z abonent raqamini saqlab qolganida;
• Qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda.

  • 5.1.3. Ushbu Oferata shartlariga bir tomonlama o‘zgartirish kiritish, buning uchun o‘zining rasmiy veb-saytida (https://octotelecom.uz) e’lon qilish yoki boshqa yo‘llar bilan Foydalanuvchini xabardor qilish.
    5.1.4. Cheklangan aylanma ma’lumotlarni (ChAM) to‘plash maqsadi amalga oshguncha yoki qonun va normativ hujjatlar talablarini bajarish uchun zarur bo‘lgan muddat davomida saqlash.
    5.2. Kontent-provayder quyidagilarga majbur:
    5.2.1. SMS xizmatining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
    5.2.2. Foydalanuvchining shaxsiy ma’lumotlari (ChAM) maxfiyligini ta’minlash.
    5.2.3. ChAMni qayta ishlash qoidalariga rioya qilish va ularni ushbu Oferata shartlariga muvofiq foydalanish.
    5.3. Foydalanuvchi quyidagilarga haqli:
    5.3.1. HUMO bank kartasidan abonent raqamini uzish uchun, SMS xizmatini to‘xtatish yoki qayta yoqishni quyidagi usullar orqali amalga oshiradi:
    • karta rasmiylashtirilgan bank bo‘limiga muroj’at qilib;
    • bankomat yoki infokiosk orqali;
  • STOP1 matnli SMS-xabarini 5800 qisqa raqamiga yuborish.

5.3.2. Quyidagilarni talab qilish:
• Shaxsiy ma’lumotlar (ChAM) yoki uning bir qismini o‘chirish;
• Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashga berilgan rozilikni bekor qilish;
• Amaldagi qonunchilik doirasida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlashni cheklash.
5.3.3. Oferatada ko‘rsatilmagan boshqa huquqlardan foydalanish.
5.4. Foydalanuvchi quyidagilarga majbur:
5.4.1. SMS xizmatidan ushbu Oferata shartlarida belgilangan tartib va maqsadlarda foydalanish.
5.4.2. Shaxsiy ma’lumotlarni (abonent raqami va SMS xizmatiga kirish imkonini beruvchi ma’lumotlarni) uchinchi shaxslarga bermaslik.
5.4.3. SMS xizmatidan foydalanayotgan qurilmaning axborot xavfsizligini ta’minlash.
5.4.4. Shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligi va saqlanishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish. SMS xizmatidan foydalanish orqali bajarilgan har qanday harakat Foydalanuvchi tomonidan amalga oshirilgan deb hisoblanadi va uchinchi shaxslar oldidagi barcha majburiyatlar uchun Foydalanuvchi shaxsan javobgar bo‘ladi. Kontent-provayder uchinchi shaxslar tomonidan SMS xizmatining noqonuniy ishlatilishi uchun javobgar emas.
5.4.5. Foydalanuvchiga tegishli bo‘lmagan abonent raqamlarini bog‘lash va buning oqibatida yuzaga keladigan barcha holatlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olish.

6. JAVOBGARLIK VA FORS-MAJOR
6.1. Kontent-provayder va Foydalanuvchi ushbu Ofertaning shartlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mustaqil ravishda javobgar bo‘ladilar.
6.2. Kontent-provayder Foydalanuvchining ushbu Oferta shartlari bilan tanishib chiqmaganligi va (yoki) o‘z vaqtida tanishib chiqmaganligi sababli yuzaga kelgan har qanday yo‘qotishlar uchun javobgar bo‘lmaydi.
6.3. Kontent-provayder ushbu Oferta shartlarining lozim darajada bajarilmaganligi uchun, agar bunday bajarilmaslik Kontent-hrovayder nazoratidan tashqaridagi sabablar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, javobgar bo‘lmaydi. Nazorat doirasi faqat Kontent-Provayder uskunalari va dasturiy ta’minoti perimetrida joylashgan SMS xizmatining ishlash qobiliyati bilan cheklanadi. Kontent-provayder MBPMdan olingan ma’lumotlarning ishonchliligi va o‘z vaqtidaligi, shuningdek, Mobil operator tomonidan sodir bo‘lgan uzilishlar, shuningdek, uchinchi shaxslarning aybi bilan yoki davlat hokimiyati organlari yoki sud tomonidan taqiqlar yoki cheklovlar joriy etilishi munosabati bilan yuzaga kelgan uzilishlar uchun javobgarlikni o‘z ichiga olmaydi.
6.4. Kontent-provayder va Foydalanuvchi ushbu Oferta bo‘yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun, agar bu bajarmaslik ushbu Oferta qabul qilinganidan keyin oldindan ko‘rib bo‘lmaydigan yoki oqilona choralar bilan oldini olish mumkin bo‘lmagan favqulodda hodisalar (fors-major) natijasida yuzaga kelgan yengib bo‘lmas kuch holatlarining oqibati bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinadi.

7. JAVOBGARLIKNI CHEKLASH
7.1. SMS xizmati «qanday bo‘lsa, shundayligicha» taqdim etiladi. Kontent-provayder SMS xizmatining Foydalanuvchining maqsadlari va umidlariga mos kelishini, umuman SMS xizmatining va uning alohida funksional imkoniyatlarining uzluksiz va xatosiz ishlashini kafolatlamaydi.
7.2. Kontent-provayder axborotning ishonchliligi, aniqligi, to‘liqligi va sifatiga kafolat bermaydi. Foydalanuvchi axborotdan foydalanish bilan bog‘liq barcha xatarlarni, shu jumladan uning ishonchliligi, to‘liqligi yoki foydaliligini, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiqligini mustaqil ravishda baholashi kerak.
7.3. Kontent-provayder o‘z ixtiyoriga ko‘ra Foydalanuvchining SMS xizmatiga (yoki texnologik jihatdan mumkin bo‘lsa, Xizmatning ayrim funksiyalariga) kirishini cheklash yoki SMS xizmatida shubhali harakatlar aniqlanganda, Foydalanuvchi ushbu Ofertani buzganda va boshqa hollarda xizmat ko‘rsatishni butunlay to‘xtatish, shuningdek, qonunchilik talablariga yoki uchinchi shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlariga rioya qilish maqsadida Foydalanuvchiga nisbatan boshqa choralarni qo‘llash huquqini o‘zida saqlab qoladi.

8. TARTIBGA SOLISH HUQUQI VA NIZOLARNI HAL ETISH TARTIBI
8.1. Ushbu Ofertadan kelib chiqadigan huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligidir.
8.2. Ushbu Ofertadan kelib chiqadigan barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi. Nizoni muzokaralar yo‘li bilan hal etish mumkin bo‘lmagan taqdirda, nizolar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq da’vo qilish tartibiga rioya etilgan holda hal etiladi. Da’voni ko‘rib chiqish muddati — 15 (o‘n besh) kalendar kun.
8.3. Muzokaralar yo‘l bilan hal etilmagan nizolar ushbu Ofertani ijro etish joyidagi sudda qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi. Kontent provayderining joylashuvi ushbu Oferta ijro etiladigan joy hisoblanadi.

9. HUQUQIY MUNOSABATLARNI TUGATISH SHARTLARI
9.1. Foydalanuvchi istalgan paytda ushbu Oferta shartlarida nazarda tutilgan tartibda SMS xizmatidan voz kechish huquqiga ega.
9.2. Huquqiy munosabatlar Foydalanuvchi tomonidan SMS xizmati o‘chirib qo‘yilgandan so‘ng darhol to‘xtatilgan hisoblanadi.
9.3. Ushbu Ofertaning 5.4-bandida nazarda tutilgan shartlar buzilgan taqdirda, huquqiy munosabatlar avtomatik ravishda to‘xtatiladi.

10. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Ushbu Ofertada to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazarda tutilmagan barcha holatlarda Tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga va ish normalariga amal qiladilar.
10.2. Agar ushbu Ofertaning biror qoidasi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq noqonuniy va/yoki haqiqiy emas deb topilsa, bunday Oferta qoidalari Kontent-provayder va Foydalanuvchi o‘rtasidagi munosabatlarda qo‘llanilmaydi va Oferta tarkibidagi asl maqsadlarga maksimal darajada javob beradigan yangi qoidalar bilan almashtiriladi. Ofertaning qolgan qoidalari to‘liq kuchini va amal qilishini saqlab qoladi.

11. KONTENT-PROVAYDER REKVIZITLARI
«Octotelecom» MCHJ

 

«Octotelecom» MCHJ buyrug‘i bilan tasdiqlangan

2025-yil 17 martdagi 5-son